Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan 60 yoshli ayol qo‘lga olindi

Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan 60 yoshli ayol qo‘lga olindi

Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumanning Zarafshon mahallasida yashovchi, 60 yoshli ayol, o‘z uyida 50.000 so‘m evaziga bir ayol va bir erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratib berib, fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!