Buxoroda o‘tkazilgan tadbirda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi va uning sherigi ushlandi

Buxoroda o‘tkazilgan tadbirda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi va uning sherigi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.A. Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi B.O‘. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro R.ni vakolatli tanishlari orqali ushbu ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga boshqa bir fuqaro SH.orqali 4 000 AQSh dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!