Buxoroda chorva-mollar o‘g‘irligini o‘ziga kasb qilib olgan jinoiy guruhning yana bir jinoyati fosh etildi

Buxoroda chorva-mollar o‘g‘irligini o‘ziga kasb qilib olgan jinoiy guruhning yana bir jinoyati fosh etildi

Rasmiy sahifalarimizda Buxoro shahar «Alpomish» ko‘chasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan SH.SH. va Qorovulbozor tumani Tinchlik mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan Q.M. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib Buxoro shahri hamda viloyatimizning boshqa tumanlarida chorva-mol o‘g‘irliklarini sodir qilganligi yuzasidan ma’lumot bergan edik.

Ushbu jinoiy guruh a’zolari bilan olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida Buxoro shahrida sodir bo‘lgan yana bir jinoyat fosh etildi.

Gap shundaki, 2022 yilning 4 noyabr kunidan 5 noyabr kuniga o‘tar kechasi Buxoro shahar «Kaltarabod» aholi punktida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan M.S. ning yashash xonadoni orqa tomonida joylashgan, atrofi yog‘och to‘siqlar bilan o‘rab olingan qo‘yxonasidan bahosi 10 million so‘mga teng besh bosh qo‘ylar ham aynan shu jinoiy guruh tomonidan o‘g‘irlab ketilganligi aniqlandi va ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Ushbu jinoiy guruhga nisbatan qo‘shimcha ayblov e’lon qilinib, ular tomonidan viloyatimizning boshqa hududlari va qo‘shni viloyatlarda sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasidagi tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!