"Buxoro - Xiva" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar harakati tiklanmoqda

"Buxoro - Xiva" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar harakati tiklanmoqda

"Buxoro - Xiva - Buxoro" yo‘lovchi poyezdi harakati 5 oktyabrdan tiklanadi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.

Aytilishicha, Buxoro - Xiva yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi harakati respublikada turizmni rivojlantirish va turistik firmalarning talabiga asosan tiklanmoqda.

Poyezd Buxorodan 5 oktyabrdan 13 noyabrgacha haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlaridan boshlab jo‘naydi.

Xivadan esa 6 oktyabrdan 14 noyabrgacha haftaning payshanba, shanba va dushanba kunlari jo‘naydi.

Harakat jadvali:

"Buxoro 12:10 — Xiva 19:29"

"Xiva 07:52 — Buxoro 15:16"

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabrdan Andijondan Xivaga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 29 sentyabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon — Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!