Buxoro tumanida aloqa kabelini uzgan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi

Buxoro tumanida aloqa kabelini uzgan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 12-sentyabr kuni Buxoro viloyati, Buxoro tumani, “Gulshanobod” MFY, Chorrabot qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.T. tomonidan boshqaruvidagi traktor bilan yerda ishlash jarayonida “Ist Telekom” QK Buxoro viloyat hududiy bo‘limiga qarashli Buxoro-Yaxshilik temir yo‘l stansiyasi yo‘nalishi Buxoro shahri, “Losha” MFY Foshun qishlog‘i hududidan o‘tuvchi optik tolali aloqa kabelini (OTAK-6) ehtiyotsizlik oqibatida uzgan.

Ushbu holat yuzasidan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy shu’basi tomonidan huquqbuzarlik holati joyida o‘rganilib, fuqaro Q.T. tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikasiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”ning 12-bandini “a”- kichik bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 154-moddasi 1-qismi “Aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish” talablari buzilganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Q.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 154-moddasining 1-qismiga asosan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rildi. Kabel uzilishi shu kunning o‘zida “Ist Telekom” QK Buxoro viloyat hududiy bo‘limi mutaxassislari tomonidan bartaraf etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!