Bo‘kada tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotilgani aniqlandi

Bo‘kada tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotilgani aniqlandi

TRAST M.” MCHJga qarashli Bo‘ka tumanida joylashgan AGTKShda tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotishgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

“TRAST M.” MCHJga qarashli Bo‘ka tumanida joylashgan AGTKShda elektron gazni hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali, hisoblagichlarning elektron xotira ma’lumotlari yo‘qotishga erishib, tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotishi oqibatida 28.02.2024 yildan 28.03.2024 yilga qadar 30 kun davomida 1 mlrd. 809,3 mln. so‘mlik 1.275.120 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “TRAST M.” MCHJ rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!