Britaniyalik olimlar smartfon orqali infeksiya yuqtirish xavfi haqida ogohlantirdi

Britaniyalik olimlar smartfon orqali infeksiya yuqtirish xavfi haqida ogohlantirdi

Smartfon yuzasida juda ko‘p xavfli mikroblar bo‘lishi mumkin, deyiladi Britaniyadagi Surreya universiteti olimlarining olib borgan tadqiqotlari natijasida e’lon qilingan hisobotda.
Olimlar eksperiment davomida oddiy odamlar tutadigan gajetlarning yuzasini artib tekshirganda smartfonlar xavfli bakteriyalarning makoni ekanini aniqlashgan.

Tadqiqot doirasida oddiy odamlar tutayotgan 30 ta telefon tekshirib ko‘rilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayrim smartfonlar korpusida unitaz atrofidagidan 18 barobar ko‘p bakteriya bo‘lishi mumkin ekan.

Olimlarning aniqlashicha, bakteriyalar qator og‘ir kasalliklar kelib chiqashiga sabab bo‘ladi. Masalan, teri va ichak infeksiyasi, pnevmoniya va meningit kabilar. Shu sababli infeksionistlar smartfonning ustki qismini har kuni bir marta tozalashni maslahat bermoqda.

Buning uchun bakteriyalarga qarshi ishlatiladigan salfetkalar, qo‘lga ishlatiladigan mikroblarga qarshi vositalar, spirt yoki qurulmalarni dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus vositalar qo‘l keladi, deydi olimlar.

Ta’kidlanishicha, smartfonni artish oldidan uni tarmoqdan o‘chirish lozim. Muhimi tozalovchi vositalar korpus ichiga tushmasin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!