Britaniyada ukrainalik qochqinlar oilasi ko‘chaga haydab chiqarildi

Britaniyada ukrainalik qochqinlar oilasi ko‘chaga haydab chiqarildi

Britaniyalik zobit avvalroq o‘z uyida boshpana topgan ukrainalik qochqinlar oilasini chiqarib yubordi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Qayd etilishicha , bu Xempshir shtatining Ferxem shahrida sodir bo‘lgan.

Kiyevlik to‘qqiz kishilik oila, jumladan, besh bola va ikki keksa ayol, Polshada bo‘lganidan keyin Buyuk Britaniyaga keldi.

Ferxem aholisi Dadli va Kelli Malster hukumat dasturi doirasida ularni kichik uyda joylashtirishga rozi bo‘lishdi, dedi oila boshlig‘i Maksim Xirik.

Biroq oradan bir muncha vaqt o‘tgach, Malsterlar kelishuvni buzishdi va qochqinlarga 15 iyulgacha uyni tark etishlari uchun vaqt berdilar.

Nashrning yozishicha, Dadli Malster Qirollik dengiz flotida 20 yillik tajribaga ega bo‘lgan katta ofiser, Afg‘onistonda xizmat qilgan.

Avvalroq, 1 iyuldan boshlab, Polshadagi ko‘pchilik ukrainalik qochqinlar kundalik nafaqalaridan mahrum bo‘lishi xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!