Britaniya tajribasi: Dunyoda ilk bor vaksina sinovida ishtirok etuvchilarga ataylab koronavirus yuqtiriladi

Britaniya tajribasi: Dunyoda ilk bor vaksina sinovida ishtirok etuvchilarga ataylab koronavirus yuqtiriladi

Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida ishtirok etuvchi ko‘ngillilarga ataylab virus yuqtiriladi.

Ta’kidlanishicha, ko‘ngillilarga dastlab vaksina, bir oydan keyin esa ularda koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaruvchi miqdorda virus kiritiladi. Bu tadqiqotlar Londondagi xavfsiz karantin muassasasida 2021 yil yanvarida boshlanishi mumkin. Hozirdayoq sinovlarda ishtirok etish istagini 2 mingga yaqin kishi bildirgan.

Loyihaning ilmiy tomoniga London Imperiya kolleji va hVIVO kompaniyasi mas’ul bo‘ladi. 

Bu sinovlar vaksina samaradorligini baholash uchun sog‘lom ishtirokchilar ataylab koronavirusga uchratiladigan dunyodagi ilk shunday sinovlar bo‘ladi.

Ayni vaqtda Britaniyada vaksinani ishlab chiqish ustida ikkita ilmiy markaz shug‘ullanmoqda. Oksford universiteti olimlari vaksinani sentyabrgacha, Imperial College olimlari esa 2021 yil bahorigacha olishlari mumkinligini aytishgan.

Emlashdan keyin vaksinaning samaradorligini real kasalliklar bilan sinash bir necha asrlar davomida o‘tkazib kelinadi. Misol uchun, 1976 yilda vaksinalar ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi olim Edvard Jenner 8 yoshli bolaga odam uchun xavfli bo‘lmagan sigir chechagini yuqtirgan va keyinroq unda hosil bo‘lgan immunitetni haqiqiy va xavfli chechak bilan sinagan. Shuningdek, ich terlama, vabo, bezgak, gripp va boshqa infeksiyalarga qarshi vaksinalarni sinashda shunday usuldan foydalanilgan.  

Xususan, hVivo kompaniyasi tomonidan tashkillashtirgan grippga qarshi vaksina sinovlari vaqtida ko‘ngillilarga 3750 funt sterling (4775 dollar) to‘langan. Biroq koronavirus uchun ko‘proq haq to‘lanishi mumkin, chunki karantin uzoqroq – bir oygacha davom etishi ehtimoli bor. 

Siz qaysi domendagi internet magazinlaridan ko‘proq foydalanasiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!