Britaniya Mudofaa vaziri: Odamlar Ukrainadan qurol-yarog‘ uchun minnatdorchilik ko‘rishni xohlaydi
Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles Ukraina G‘arb yordami uchun ko‘proq minnatdor bo‘lishi kerakligiga ishora qildi. U Vladimir Zelenskiyning kechagi alyans kommyunikesidan noroziligini bildirgan keskin bayonotlarini shunday izohladi.
Uollesning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar qo‘llaridan kelgan yordamni olishga shunchalik shoshmoqdalarki, ular har doim ham berilgan narsalar uchun rahmat aytavermaydilar.
"Biz xohlaymizmi yoki yo‘qmi, odamlar ozgina minnatdorchilikni ko‘rishni xohlaydi", - deya vazirning Vilnyusdagi NATO sammiti doirasidagi brifingda so‘zlarini keltirgan Guardian.
Uollesning fikricha, bunday qat’iylik ba’zi ittifoqchilarning begonalashishiga olib kelishi mumkin.
Uollesning aytishicha, o‘tgan yili Ukrainaga kelganida unga darhol kerakli qurollar ro‘yxati berilgan.
"Bilasizmi, biz Amazon emasmiz", dedim men ularga o‘tgan yili ro‘yxatni olish uchun 11 soat yurganimdan keyin.
