Britaniya maktablari uch kunlik ish haftasiga o‘tmoqchi

Britaniya maktablari uch kunlik ish haftasiga o‘tmoqchi

Buyuk Britaniya maktablari energiya narxining oshishi sababli uch kunlik ish haftasiga o‘tishni ko‘rib chiqmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniyaning ayrim hududlarida elektr energiyasi narxi 300 foizga oshishi mumkin.

Ta’lim muassasalari rahbarlari shu yo‘l bilan elektr energiyasi va xodimlar ish haqi bilan bog‘liq masalaga yechim topmoqchi.

Britaniyadagi ta’lim muassasalaridan birining ijrochi direktori mamlakatda qisqa o‘quv kunlari, darsdan tashqari to‘garaklar sonining kamayishi va energiyadan foydalanish bo‘yicha keskin cheklovlar haqiqatga aylanishini aytdi, deya xabar bermoqda Daily Mail.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!