Brimstone-2 raketalari Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainaga topshirildi

Brimstone-2 raketalari Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainaga topshirildi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi yuqori aniqlikdagi lazer yordamida boshqariladigan Brimstone-2 raketalarining partiyasi Ukrainaga topshirilganini tasdiqladi.

Bir necha kun oldin The Daily Telegraph nashri, ushbu raketaning diapazoni avvalgi versiyasining parametrlaridan ikki baravar ko‘pligini yozgandi.

Ma’lumot o‘rnida, raketa samolyotdan uchirilganda 60 kilometrga, yer platformalaridan uchirilganda esa taxminan 12 kilometrgacha uchib bora oladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari undan foydalanishni boshlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!