Bozorda izsiz yo‘qolgan Asilbek Karimov Qirg‘izistonda hibsga olingan ekan. Nega? (VIDEO)

Bozorda izsiz yo‘qolgan Asilbek Karimov Qirg‘izistonda hibsga olingan ekan. Nega? (VIDEO)

Qirg‘izistonning Botken tumanida yashovchi Asilbek Karimov qarindoshlari tomonidan qidiruvga berilgandi.

Asilbekning ukasi – Abdisamat Karimovning aytishicha, 2019 yil 24 oktyabr kuni soat 10:00 atrofida u Tojikistonning Charko qishlog‘ida joylashgan bozorga borgan va g‘oyib bo‘lgan.

Davlat chegara xizmatining xabar berishicha, 2019 yil 24 oktyabr kuni Tojikistonda Qirg‘iziston fuqarosi Asilbek Karimov qo‘lga olingan.

Tojikiston tomoniga ko‘ra, fuqaro A. Karimov davlat chegara rejimini buzgani uchun ushlangan. Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi chegara vakili tojik tomoni bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda A. Karimovning qirg‘iz tomoniga o‘tkazilishi muhokama qilindi.

Tojikiston Respublikasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston qonunchiligiga binoan Qirg‘iziston fuqarosi jarima to‘lashi shart. Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati va Botken viloyati davlat boshqarmasi fuqaro A.Karimovni Qirg‘izistonga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!