Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish

A A A
Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning asosiy mavzusini yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan rivojlantirishga va ularning kelgusida Vatanimizga munosib farzand bo‘lib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tashkil etadi. Mazkur masalada amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari yoshlarni asosan ma’naviy tahdidlar va xavfli axborotlardan himoya qilishga va ularni komil inson sifatida shakllanishiga turtki bo‘luvchi huquqiy asoslarni o‘rnatishga yo‘naltirilganligini alohida ta’kidlash zarur.

Xozirgi axborot almashinuvi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda xalqning ayniqsa, bolalarning ongini xavli ma’lumotlardan asrash, ularga imkoni boricha to‘g‘ri va asoslangan axborotlarni yetkazib berish shuningdek, yoshlarimizning o‘zbek xalqi mentalitetiga mos bo‘lgan ma’lumotlardangina foydalanishlarini ta’minlash davlatimizning asosiy maqsadlaridan biridir. Bunda e’tibor ommaviy axborot vositalarining erkin aylanishi bilan birga, ular orqali tarqatilayotgan axborotlarning xavfsiz, haqiqiy va ishonchliligiga qaratiladi.

Demak, xozirgi kunda keng jamoat e’tiboriga uzatilayotgan axborotlarning xavfsiz emasligini inobatga olgan holda bolalarni bunday axborotlardan himoya qilish davlatning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini unutmaslik zarur. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida Respublikamizda 2017 yil 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2018 yil 10 martda kuchga kirgan. Qonunning asosiy maqsadi bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

E’tiborli jihati shundaki, mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.

Bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun normalarini tahlil qilishda, “bola” atamasi kimlarga taalluqli degan savol tug‘iladi. O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar) tushuniladi. “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunida ham bolalar sifatida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan (voyaga yetmagan) shaxslar anglashilishi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyati shuningdek, ma’naviyati ham o‘ziga xos rivojlanish jarayonida bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning ongini turli ma’lumotlar bilan zaharlash va ma’naviyatiga xavfli axborotlar bilan ta’sir o‘tkazish juda oson.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bolalarni barkamol avlod qilib voyaga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlarda bolalarni xavfli axborotlardan himoya qilish masalasi yuqori o‘rinda turganligini ta’kidlab o‘tish kerak.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasida har bir bola o‘zining sog‘lig‘i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish, har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega ekanligi, ammo bunda qonunda nazarda tutilgan cheklashlar inobatga olinishi nazarda tutilgan. Shuningdek, mazkur normaga asosan, pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish ta’qiqlanadi. Bu esa, bolalarni har qanday axborotni qabul qilishdan asraydi. Biroq, Internet tizimi tobora kuchayib borayotgan xozirgi kunda bolalarni keraksiz va ularning ongi hamda ruhiyatiga ta’sir qiladigan axborotlardan himoya qilish darajasi juda past ekanligiga ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Bunday sharoitda Internet tizimlari va ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan har xil axborotlarga qanday cheklov qo‘yish mumkin degan savol tug‘iladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 26 mart 137-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlari uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda har qanday ma’lumotlar Internetda tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga doir bir qancha qoidalar o‘rnatilgan bo‘lib, axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga axborot resurslaridan foydalanishning alohida qoidalari belgilangan davlat axborot tizimlari, tarmoqlarini ulash axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestasiyadan o‘tkazilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi degan qoida o‘rnatilgan. Bundan ko‘rinadiki, Internet tarmoqlariga ulanayotgan axborot tizimlari axborot xavfsizligiga qanchalik javob berilishi tekshiriladi.

Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarni amalda ishlashini ta’minlash mamlakatimizda axborot xavfsizligi sohasini boshqarishda muhim hisoblanadi. Ta’kidlash kerak, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda nafaqat bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar vakolatlari belgilab berilgan, balki bolalar uchun xavfli hisoblanuvchi axborotlar doirasi, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi, axborot mahsulotining aylanishiga qo‘yiladigan talablar, axborot mahsulotining ekspertizasi va uning huquqiy oqibatlari ham aniqlashtirilgan. Hozirda televideniya orqali efirga uzatilayotgan har bir axborot mahsuloti tekshiriladi, ekspertizadan o‘tkaziladi hamda yoshga oid tasnifi ham belgilangan holda uzatiladi. Bu jarayonda ota onalarning xushyor bo‘lishlari talab etiladi xolos. Chunki hatto multfilmlar ham bola yoshiga nisbatan tasniflanadi.

Shunga qaramasdan mazkur masalada ham ayrim kamchiliklar mavjud. To‘g‘ri O‘zbekiston hududida Internetga ma’lumot joylashtirishga ma’lum bir cheklovlar qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, ammo xorijiy mamlakatlarning Internet saytlaridan bizning mamlakatimizga uzatilayotgan axborotlarning xavsizligiga kim kafolat beradi? Bolalar uchun juda qiziqarli bo‘lib ulgurgan Youtube tarmog‘ida joylashtirilayotgan hamda O‘zbekistonning istalgan hududida, istalgan aloqa vositasidan foydalangan holda kirib ko‘rish mumkin bo‘lgan ma’naviy bo‘shliqqa yetaklovchi, hech qanday mazmunga ega bo‘lmagan videolarning ham sanog‘i yo‘q. Ushbu masala ham muammoligicha qolmoqda.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasida ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar deb belgilangan.

Bunday javobgarlik masalalari boshqa qonun hujjatlarida ham (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, Jinoyat kodeksi) o‘rnatilganligiga qaramasdan ayrim shaxslar xavfli axborotlardan g‘araz maqsadlarda foydalanayotganligi hammamizga ma’lum.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori bilan “Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga doir ma’muriy va tashkiliy chora-tadbirlar, dasturiy-apparat va texnika vositalariga doir talablarni belgilash to‘g‘risida”gi nizomlar tasdiqlanganligi va bu hujjatlar bugungi kun uchun ayni muddao bo‘lganligini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyundagi 317-son qarori asosida my.gov.uz portalida “Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish bo‘yicha ekspertlarni akkreditasiya qilish” xizmati ishga tushirilganligi ham bir yutuq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda tezlik bilan hayotimizga kirib kelayotgan axborotlarni yaxshi-yomonga yoki to‘g‘ri-noto‘g‘riga ajratish juda murakkab bo‘lib bormoqda. Shuning uchun ham mazkur jarayonda barchaning ogohligini ta’minlash zaruriyati ham ortmoqda. Bunda faqat ota-onalarning emas, balki barchaning, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar uchun mas’ul xodimlaridan boshlab, oliy ta’lim muassasalarining yoshlarga mas’ul xodimlarigacha e’tiborsiz qolmasliklari shart. Zero, ajdodlarimizdan qolgan “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan naql bekorga aytilmagan.

Shu jumladan, taklif o‘rnida fikr bildiradigan bo‘sak, bolalarga, ayniqsa maktab va kollejda tahsil olayotgan o‘quvchilarga aloqa vositalaridan foydalanishni cheklash, ta’lim muassasasiga aloqa vositalarini olib kelmasliklarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek barcha Internet klublarida yoshlar ongini zaharlashi mumkin bo‘lgan saytlarga ta’qiq o‘rnatish hamda mazkur masalada ota onalarning loqayd bo‘lmasliklarini ta’minlash, ya’ni farzandlari tarbiyasiga qat’iyroq qarashlarini talab qilish zarur deb o‘ylaymiz.

Axborot hujumi shunday kuchki, u bilan kurashish uchun bir insonning yoki bir jamoaning qurbi yetmaydi. Bir yo‘lni yopsak, boshqa yo‘l topib bolalarimiz ongiga kirib kelaveradi. Shu sababali, xavfli axborotlardan yoshlarni himoya qilishda barchamiz birdam bo‘lib harakat qilmog‘imiz lozim.

Adxamjon Xolmurodov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalari agentligi

Axborot siyosati boshqarmasi bosh mutaxassisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.