Bolaga rost gapirishni o‘rgating!

Bolaga rost gapirishni o‘rgating!

Fazilatli insonning jamiyatda obro‘si baland bo‘ladi. Insonni ulug‘laydigan ana shunday fazilatlardan biri – rostgo‘ylikdir. Rostgo‘ylik so‘zda, amalda, toat-ibodatda, har qanday vazifani ado etishda bo‘lmog‘i lozim. Haqiqiy mo‘minlar rostgo‘ylikni mahkam tutadilar. Dinimiz insonlarni doimo rost so‘zlashga, ahdga vafo qilishga buyurgan.

Payg‘ambarmiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qildilar: “Rostgo‘ylikda xavfu xatar ko‘rsanglar ham, rost so‘zlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi foyda ko‘rib turgan bo‘lsangiz ham yolg‘ondan saqlaninglar. Chunki, baribir yolg‘onning oxiri voy”.

Payg‘ambar alayhissalom yolg‘onchilik mo‘min kishiga nomunosib xulq ekanini ham ta’kidlaganlar: Mo‘min kishida hamma xulqlar bo‘lishi mumkin, ammo xiyonat va yolg‘onchilik emas (Imom Ahmad rivoyati).

Demak, Allohdan qo‘rqqan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga ergashgan haqiqiy mo‘min kishida xiyonat, yolg‘onchilik kabi illatlar bo‘lmasligi lozim.

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdibdilarki: Rost so‘z o‘z sohibini yaxshilik sari yetaklaydi. Yaxshilik esa uni behishtga yetaklaydi. Albatta, kishi rost so‘zlab yursa, u Alloh huzurida rostgo‘y (siddiq) deb yoziladi. Albatta, yolg‘on (o‘z sohibini) yomonlik sari yetaklaydi. Yomonlik esa jahannam sari yetaklaydi. Kishi doimo yolg‘on gapirib yurishligi bilan Alloh taolo huzurida yolg‘onchi (kazzob) deb yoziladi”.

Boshqa bir hadisda esa: “Bu dunyoda bemani gaplarni ko‘p gapiradigan odamning gunohi qiyomat kuni ko‘p bo‘lur”, deyilgan (Imom Ahmad rivoyati).

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!