Bog‘chalarda uzaytirilgan ta’til kunlari uchun to‘lov undirilmaydi

Bog‘chalarda uzaytirilgan ta’til kunlari uchun to‘lov undirilmaydi

Bog‘chalar uchun e’lon qilingan ta’til kunlari 23 yanvarga qadar uzaytirilganidan xabaringiz bor. Nizomga muvofiq, mazkur kunlar uchun bog‘cha to‘lovi undirilmaydi.

Agar ta’til e’lon qilingunga qadar to‘lovlar to‘langan bo‘lsa, unda keyingi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida ta’til kunlari uchun to‘langan badal summasi hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi oyning to‘lov summasidan ayrilib tashlanadi.

Agar kelmagan kunlar uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan joriy to‘lov miqdori bola kelmagan kunlari hisobidan kamaytiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!