Bog‘cha bolalariga pichoq bilan hujum qilgan jinoyatchiga hukm o‘qildi

Bog‘cha bolalariga pichoq bilan hujum qilgan jinoyatchiga hukm o‘qildi

Xitoy Oliy xalq sudi bog‘cha tarbiyalanuvchilariga pichoq bilan hujum qilgan jinoyatchini qatl etishga ruxsat berdi.

2017 yilning yanvar oyi boshida pichoq bilan qurollangan shaxs Xitoyning Pinsyan shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasining 11 nafar tarbiyalanuvchisini jarohatlagan edi.

2017 yilning avgustida o‘rta darajadagi mahalliy sud aybdorni o‘lim jazosiga hukm etgan bo‘lgan. Biroq, sudlanuvchi hukm ustidan yuqori instansiyalarga murojaat qiladi. Dekabr oyida Guansi-Chjuan avtonom rayoni Oliy sudi hukmni o‘zgarishsiz qoldirib, ishni Xitoy Oliy xalq sudiga jo‘natadi. O‘z navbatida yuqori instansiya begunoh bolalarga hujum qilishni o‘ta shafqatsizlik hisoblab, jinoiy ishni qasddan qotillikni amalga oshirish sifatida tasniflaydi va hukmni yumshatmaydi.

Birinchi, ikkinchi instansiyalardagi sudlarning qarorlari aniq, taqdim etilgan dalillar to‘liq , jazo darajasi to‘g‘ri aniqlangan. O‘lim jazosi qonunga muvofiq tasdiqlangan va uni amalga oshirish bo‘yicha order berilgan , - deyilgan sud qarorida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!