BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni ko‘rib chiqadi

BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni ko‘rib chiqadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari tashabbusi bilan joriy yilning 26 may kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Shimoliy Koreyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish masalasi ovozga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda Yonhap agentligi.

AQSh hukumati xalqaro hamjamiyatni Shimoliy Koreyaning so‘nggi raketa sinovlarini qoralab, bu mintaqa va dunyo uchun tahdid deb atagan.

Taxminlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan ushbu sessiyada Kengashning veto huquqiga ega a’zolari Xitoy va Rossiya Pxenyanga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga qarshi ovoz berishlari mumkin.

Shimoliy Koreya joriy yilning 25 may kuni uchta ballistik raketa uchirgan, ulardan biri qit’alararo raketadir. Ushbu sinovalar joriy yildagi 17-chi, qit’alararo raketa sinovlarining esa uchinchisi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!