BMT: Ukrainada urush boshlanganidan beri kamida 4395 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, ulardan 275 nafari bolalar

BMT: Ukrainada urush boshlanganidan beri kamida 4395 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, ulardan 275 nafari bolalar

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, yana 5390 kishi jarohat olgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lim yoki jarohatlarning eng keng tarqalgan sababi bu keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan portlovchi qurilmalardan foydalanish, shu jumladan og‘ir artilleriya va ko‘plab raketa tizimlaridan o‘qqa tutish, shuningdek, raketa va havo zarbalari hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’kidlashicha, qurbonlar va yaralanganlar soni bundan ancha ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!