BMT: 1967 yildan beri 800 mingdan ortiq falastinlik Isroil qamoqxonalariga joylashtirilgan
1967 yildan beri Isroil tomonidan 800 mingdan ortiq falastinlik o‘zboshimchalik bilan hibsga olingan va qamoqqa olingan. Bu haqda BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi inson huquqlari holati bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albanezening hisobotida aytiladi.
“Isroil harbiy bosqinchiligi butun bosib olingan Falastin hududini ochiq qamoqxonaga aylantirdi”, — deyiladi hujjatda.
Falastinliklarning butun avlodlari keng tarqalgan va muntazam ravishda o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilingan, dedi u.
Hisobotga ko‘ra, 1967 yildan beri hibsga olingan o‘n minglab falastinliklar orasida 12 yoshli bolalar ham bor.
Mutaxassisning aytishicha, 2023-yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, Isroil qamoqxonalarida 5000 nafar falastinlik saqlanyapti, ulardan 160 nafari bolalar.
Falastin ma’muriyatiga ko‘ra, 1967 yildan beri bir millionga yaqin falastinlik hibsda saqlangan.
