Blinken yana Yaqin Sharqqa yo‘l olmoqda

Blinken yana Yaqin Sharqqa yo‘l olmoqda

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 10-12 iyun kunlari Misr, Isroil, Iordaniya va Qatarga tashrif buyurib, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Amerika departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

«Davlat kotibi Entoni Blinken 10-12 iyun kunlari Misr, Isroil, Iordaniya va Qatarga tashrif buyuradi. Davlat kotibi hamkorlar bilan garovga olinganlarni ozod qilishni kafolatlaydigan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulh bitimiga erishish zarurligini muhokama qiladi», deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Blinken Yaqin Sharq bo‘ylab safaridan so‘ng Italiyaga boradi va u yerda AQSh prezidenti Jo Baydenga «G7» sammitida hamrohlik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!