“Bir oydan keyin barham topadi”. Jirinovskiy yangi virusni ig‘vo deb atadi

“Bir oydan keyin barham topadi”. Jirinovskiy yangi virusni ig‘vo deb atadi

Rossiya liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy Xitoyda tarqalgan virus AQSh ig‘vosidan o‘zga narsa emasligini ta’kidladi. 

“Koronavirus barcha qit’alarga tarqalmoqda, barchasiga. Bu haqiqatan ham grippning yangi turimi yoki kimningdir ig‘vosimi? AQSH. Iqtisodiyot. Amerikaliklar Xitoyni quvib yetolmasliklaridan, hech bo‘lmasa, tenglasholmasliklaridan qo‘rqishmoqda”, dedi u Jahon sivilizasiyasi instituti talaba va o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.

Etakchining ta’kidlashicha, bunday ig‘volar birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. U gapiga misol tariqasida tovuq grippi va “kimgadir yoqmay qolgan” Britaniya mol go‘shtini keltirib o‘tgan.

“Oradan bir oy o‘tib barchasi to‘xtaydi. Axir bu ig‘vo bo‘lgandi-da. Dorilar sotib bo‘linadi, kimdir esa millirderga aylanadi. Ular, asosan, Shveysariyada yashashadi”, dedi Jirinovskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda koronavirusdan zararlanganlar soni, 26 yanvar holatiga ko‘ra, 2002 kishiga yetganidi. halok bo‘lganlar soni 56 kishini tashkil etishi haqida ma’lum qilgan qilgan edik.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!