Biologlar Yerdagi tirik mavjudotlarning yagona atlasini yaratishmoqchi

Biologlar Yerdagi tirik mavjudotlarning yagona atlasini yaratishmoqchi

Zamonaviy ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligiga qaramay, Yerning sayyoradagi barcha tirik mavjudotlarni o‘z ichiga olgan yagona taksonomik atlasi mavjud emas.

Bunday atlasning yaratilishi, biologlarning ta’kidlashicha, nafaqat turlarning qayta kashf qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan chalkashliklarni bartaraf etadi, balki boshqa ko‘plab ilmiy muammolarni hal qilishga yordam beradi.

“Masalan, Yerdagi barcha hayot vakillarining yagona atlasi tabiat va iqlim, shuningdek, oziq-ovqat savdosi bilan bog‘liq xalqaro shartnomalarni tuzishda juda foydali bo‘ladi. Shunigdek, olimlar yaratishni taklif qilayotgan global katalogning boshqa afzalliklari ham bor, deb yozadi PLOS ONE.

“Erdagi hayotning barcha turlarini ro‘yxatini tuzish odatiy vazifa bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo, aslida, bu juda murakkab loyiha. Bugungi kunda dunyoda yagona qabul qilinadigan taksonomik atlas mavjud emas. Hayvonlar va qushlar uchun bir nechta shunga o‘xshash kataloglar bor, ammo, masalan, o‘simliklar va boshqa jonzot guruhlari uchun bitta ro‘yxat yo‘q”, deydi Charlz Darvin nomidagi Avstraliya universiteti professori hamda ushbu lohiyaning tashabbuskor mualliflaridan biri Stiven Garnett.

Sayyoradagi barcha tirik mavjudotlarning atlasini tuzishdan oldin, butun dunyo olimlari katalog tashkil etilishiga asos bo‘la oladigan asosiy prinsiplarga ega bo‘lgan hujjat yaratishni taklif qilishmoqda.

Stiven Garnettning ta’kidlashicha, shunday prinsiplar soni ayni kunda o‘nta bo‘lib, ushbu g‘oya Xalqaro Biologiya fanlari ittifoqi kabi nufuzli tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Endilikda ushbu tashabbusni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi hamda Yovvoyi fauna va floraning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarning xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya kotibiyati qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!