Besh yil ichida xalq ta’limiga yangi ta’lim standartlari joriy etiladi

Besh yil ichida xalq ta’limiga yangi ta’lim standartlari joriy etiladi

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqmoqda, deb xabar qiladi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Milliy ta’lim standartlari asosida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, o‘qitish uslublari hamda baholash tizimi yaratiladi. Mazkur jarayonga mahalliy va xorijlik ekspertlar jalb etilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim standartlari loyihalari yil yakuniga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar har bir fan va sinf uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda 2020 yil o‘quv materiallarini tayyorlashdan iborat bo‘ladi.

Yangi standartlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari maktablarda 2021-2022 yillarda aprobasiyadan o‘tadi va kelasi besh yilda bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!