Berlinga reyslar ish tashlash sababli bekor qilindi

Berlinga reyslar ish tashlash sababli bekor qilindi

Chorshanba kungi ish tashlash munosabati bilan Berlin aeroportidagi barcha kirish va chiqish reyslari, jumladan, airBaltic reyslari bekor qilindi.

Ish tashlash aeroport ishchilarining ish haqini oshirish va jamoa shartnomasi shartlarini o‘zgartirish talablari tufayli e’lon qilingan. Hozircha aeroport rahbariyati bilan olib borilgan barcha muzokaralar hech qanday natija bermadi.

Hammasi bo‘lib 35 ming kishini uchishi kerak bo‘lgan 300 ga yaqin reyslar bekor qilindi.

O‘tgan hafta TAP Air Portugal ham 25 dan 31 yanvargacha bo‘ladigan bir haftalik ish tashlash arafasida 1300 dan ortiq reyslarni bekor qilganini e’lon qildi. Bu taxminan 156 ming yo‘lovchiga ta’sir qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!