Bayden, Zelenskiy va Duda Polshada uchrashishi mumkin

Polsha nashrlarining xabariga ko‘ra, Bayden Zelenskiy va Duda bilan Polshada uchrashishi mumkin.
Axborot berishlaricha, uchrashuv Varshava yoki Jeshuvada bo‘lib o‘tishi mumkin. Unda Zelenskiy "tinchlik rejasini taqdim etishi va Ukraina bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga chaqirishi" kutilmoqda.
Avvalroq Baydenning o‘zi Polshaga borish rejalari haqida gapirgan, biroq tashrif qachon amalga oshishiga aniqlik kiritmagan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)