Bayden Trampning saksiyalar borasidagi qarorlarini qayta ko‘rib chiqadi

Bayden Trampning saksiyalar borasidagi qarorlarini qayta ko‘rib chiqadi

AQSh Moliya vazirligining sanksiya siyosati qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bloomberg bu haqda manbalarga asoslanib yozmoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, hali tasdiqlanmagan, ammo prezidentlik saylovlarida g‘olib deb topilgan Jozef Baydenning bo‘lajak ma’muriyati qayta ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi. Sanksiyalar masalalari moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga nomzod Adevale Adeyemo tomonidan nazorat qilinadi deb taxmin qilinadi. U terrorizmga qarshi kurash va moliyaviy razvedka agentligining, AQSh moliya vazirligining sanksiyalar uchun javobgarligini tekshirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Donald Tramp davrida AQSh Eron, Shimoliy Koreya, Xitoy, Venesuela va Rossiya bilan bog‘liq kompaniyalar, fuqarolar va neft tankerlariga qarshi sanksiyalarni joriy qildi. Biroq, Bayden jamoasi AQShning amaldagi rahbari Donald Trampning yondashuvi "ham raqiblar, ham ittifoqchilarni chalg‘itmoqda", deb hisoblaydi va sanksiyalar ko‘p tomonlama asosda amalga oshirilganda eng samarali bo‘ladi, deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!