Bayden Qatar amiri bilan G‘azodagi garovga olinganlarni ozod qilish zarurligini muhokama qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan suhbatda Yaqin Sharqdagi vaziyat va G‘azo sektoridagi garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish zarurligini muhokama qildi.
Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
“Ikki davlat rahbarlari Falastinning HAMAS radikal harakati tomonidan garovga olingan barcha shaxslarni zudlik bilan ozod qilish zarurligini muhokama qildi”, — deyiladi xabarda. Oq uyning ta’kidlashicha, yetakchilar G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami oqimini ko‘paytirish bo‘yicha sa’y-harakatlar va Isroilning yoqilg‘i yetkazib berishni qayta tiklash qarorini muhokama qilgan. Shuningdek, ular, xususan, tilga olingan masalalar yuzasidan yaqin aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.