Bayden Pentagonga yangi rahbar tayinlamoqchi. Nomzod qora tanli general Lloyd Ostin

Bayden Pentagonga yangi rahbar tayinlamoqchi. Nomzod  qora tanli general Lloyd Ostin

AQShning saylangan Prezidenti Jo Bayden Pentagon rahbari lavozimiga qora tanli rahbar tayinlash haqida o‘ylayapti. 

Manbaga ko‘ra, ushbu lavozimga yetakchi nomzod iste’fodagi to‘rt yulduzli general Lloyd Ostin bo‘lib, bordi-yu Bayden uni tayinlasa, Ostin birinchi qora tanli Mudofaa vaziri bo‘ladi. 

Ta’kidlanishicha, Ostin 2016 yilgacha AQSh Markaziy qo‘mondonligini boshqargan.

Shuningdek, nomzodlar orasida sobiq ichki xavfsizlik vaziri Jey Jonson, senator Tammi Dakvort va Pentagonning sobiq rahbari Mishel Flour ham bor.

Ma’lumot o‘rnida, Pentagon Jo Baydenga hokimiyatni topshirish paytida uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Mudofaa departamenti zudlik bilan Bayden boshchiligidagi AQShning yangi ma’muriyatiga hokimiyatni o‘tkazish jarayoni doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshlashlarini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!