Bayden Kongressdan 108 million dollar so‘radi

Bayden Kongressdan 108 million dollar so‘radi

Bayden Rossiyaning Bolqondagi ta’siriga qarshi kurashish uchun Kongressdan 108 million dollar so‘radi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressdan Rossiyaning G‘arbiy Bolqondagi ta’siriga qarshi kurashish uchun 1 oktyabrdan boshlab byudjetdan 108 million dollar ajratishni so‘radi. Bu haqda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (AMR, USAID) rahbarining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Erin Makki ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiyaning ta’siri Ukraina, Belarus va Moldovadan ancha uzoqqa boradi”. Makkining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi G‘arbiy Bolqondagi mahalliy bo‘linmalardan mintaqadagi barqarorlikni buzish uchun foydalanmoqchi. Aytilishicha, Rossiya bunga “etnik guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni qo‘zg‘atish va kuchaytirish, demokratiya va siyosiy jarayonlarga putur yetkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish hamda dezinformasiyalarni tarqatish orqali” erishmoqchi.

MakKining aytishicha, so‘ralgan 108 million dollar demokratik va iqtisodiy sohalarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga yordam beradi.

USAID rahbari yordamchisining aytishicha, AQSh rahbari boshqa narsalar qatori Rossiyaning Bosniya va Gersegovinadagi ta’sirini yumshatish va gaz sektorini isloh qilish uchun 31 million dollar so‘ragan.

Makki, kecha Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan Serb Respublikasi Prezidenti Milorad Dodikni ham tanqid qildi.

“Bosniya va Gersegovinada qonun ustuvorligi va demokratik erkinlik asoslarini mustahkamlash bugungi kunda har qachongidan ham muhimroq, chunki Serb Respublikasi rahbari Milorad Dodik o‘zining xavfli qarama-qarshi ritorikasini kuchaytirib, jurnalistlar va fuqarolik jamiyatiga nisbatan kamsitish va hujumlarni rag‘batlantirmoqda hamda ajralib chiqish bilan tahdid qilmoqda, — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!