Bayden bo‘rondan zarar ko‘rgan Missisipi aholisiga yordam berishga va’da berdi

Bayden bo‘rondan zarar ko‘rgan Missisipi aholisiga yordam berishga va’da berdi

AQSh prezidenti Jo Bayden bo‘rondan jabr ko‘rgan Missisipi shtatiga yordam berishga va’da berdi.

“Missisipi shtatidan olingan kadrlar yurakni ranjitadi. Biz yetkazilgan zararni hali ham baholayapmiz, biroq ko‘plab amerikaliklar nafaqat o‘z do‘stlari va oilalari uchun qayg‘urayotgani, balki uylari va bizneslaridan ham ayrilgani allaqachon ma’lum”, — deyiladi davlat rahbari bayonotida.

Amerika yetakchisi tornado oqibatlarini muhokama qilish uchun mahalliy hokimiyat bilan bog‘langanini va federal yordam ko‘rsatishga va’da berganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!