«Barsa» muxlislari Grizmanning mashinasiga hujum qilishdi

 «Barsa» muxlislari Grizmanning mashinasiga hujum qilishdi

«Barselona» muxlislari Kataloniya klubining bazasidan chiqib ketayotgan hujumchi Antuan Grizmannga baqirib, uning mashinasiga hujum qilishdi.

Muxlislar fransiyalik futbolchiga «Messini hurmat qil!» deya baqirishdi va unga mashinasini haydashiga xalaqit berishdi. Hujumchi bunga hech qanday munosabat bildirmadi va ketib qoldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grizmanning sobiq agenti Erik Olats Messi va jamoaning boshqa yetakchilari Antuanni iliq kutib olishmagani, unga klubga moslashishda xalaqit berishgani haqida gapirdi. Bunga javoban Lionel «Barsa»dagi hamma muammolarga sababchi bo‘lishdan charchadim», dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!