"Barsa" 2025 yilda katta nomlardan birini murabbiy etib tayinlamoqchi

"Barsa" 2025 yilda katta nomlardan birini murabbiy etib tayinlamoqchi

"Barselona" Xavi Ernandesning o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda.

Yaqinda OAVda e’lon qilinganidek, "Blaugrana"ning hozirgi bosh murabbiyi ketish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Sport xabariga ko‘ra, "Barselona"ning uzoq muddatli rejasi bor: klub Xavini 2025 yilgacha saqlab qolishni, keyin esa Pep Gvardiola (Manchester Siti), Luis Enrike (PSJ) yoki Mikel Artetani (Arsenal) taklif qilmoqchi. Har uchala mutaxassisning shartnomalari 2025 yilda tugaydi.

Xavining mehnat shartnomasi ham 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Bosh murabbiy yanvar oyida joriy mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!