Barqaror elektr energiyasi ta’minoti korxonalardagi ishlab chiqarish jarayoniga qanday ta’sir qiladi?

Barqaror elektr energiyasi ta’minoti korxonalardagi ishlab chiqarish jarayoniga qanday ta’sir qiladi?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari mamlakatimizda ishlab chiqarish sanoatidagi kichik korxonalarnning faoliyatiga elektr energiyasi ta’minotining barqarorlashuvi va hajmi oshirilishining ta’sirini tarmoqlar bo‘yicha va makroiqtisodiy darajada baholadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqlarga ta’sirni hisoblash natijalari shuni ko‘rsatdiki, elektr energiyasini iste’mol qilishning biroz o‘sishi ham (1,6% -2,2% ga) to‘qimachilik mahsulotlarining 1,14% -1,42%, oziq-ovqat mahsulotlarining 1,42% -1,49%, qurilish materiallarining 0,95% - 1,16%, elektrotexnika mahsulotlarining 1,37% -1,51% o‘sishiga olib keladi.

"Harajatlar va ishlab chiqarish" (Input-Output) usulidan foydalangan holda tarmoqlar va iqtisodiyotga umumiy ta’sirini baholash, YAIM o‘sish dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uni 0,41 foiz punktga, soliqlarni 0,52 foiz punktga, eksport hajmini 146 million dollargacha, aholi bandligini 14-15 ming kishigacha oshiradi.

Natijalar ko‘rib chiqilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish jarayonida yuzaga keladigan bilvosita ta’sirlarni ham inobatga oladi. Ya’ni, 2023-yilda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda band bo‘lganlarning oshishi qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 861 ta birlikka, savdoda band bo‘lgnalarning 71 ta birlikka, elektroenergetikada band bo‘lganlarning 41 ta birlikka ortishiga olib keladi. Umuman, iqtisodiyot uchun bilvosita ta’sir 1080 yef birlikni tashkil qilishi mumkin.

Yuqoridagi hisob-kitoblar makroiqtisodiy darajada ellikta kichik biznes sub’ekti ishtirokida o‘tkazilgan tezkor so‘rov natijalari bilan ham tasdiqlanadi.

Natijalar, elektr energiyasini yetkazib berish barqarorligi va hajmi oshgan taqdirda deyarli barcha korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbolini ko‘rishidan darak beradi.
Energiya ta’minoti barqarorligining yaxshilanishi bilan korxonalarning 64% i ishlab chiqarish hajmini 10% dan 20% gacha oshirish imkoniyati mavjudligini qayd etdi.

Qo‘shimcha elektr-energiyasi hajmi ta’minlanganda esa korxonalarning 72% i ishlab chiqarish hajmini kamida 20% ga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Mavjud zaxiralarni va iqtisodiy o‘sishning yangi manbalarini jalb etish vazifalari energetika sohasida islohotlarni davom ettirish va energiya quvvatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rishning dolzarbligini, o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun infratuzilmani kengaytirishni, shu jumladan adolatli tarif islohoti va shaffof ravishda xususiy investisiyalarni jalb etishni belgilaydi.

PMTI sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kichik va o‘rta korxonalarni doimiy o‘rganish ko‘lamini kengaytirgan holda ilmiy tadqiqotlarni davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!