Bankka hujum qilgan bosqinchi taniqli xonanda ayolni olib kelishlarini talab qildi

Bankka hujum qilgan bosqinchi taniqli xonanda ayolni olib kelishlarini talab qildi

Moskva polisiyasi "Alfa-bank" filiallaridan biriga bostirib kirgan erkakni qo‘lga oldi.

Bosqinchi soxta bomba tashlagan, deb xabar beradi “Interfaks”. U idoraga oziq-ovqat yetkazib beradigan kompaniya kuryeri sifatida kirib, binoni minalashtirganini aytgan. U mijozlardan birini garov sifatida tutib turgan, ammo maxsus kuchlar uni zararsizlantirishgan va qo‘lga olishgan.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, erkak kredit qarzlari tufayli bankka hujum qilgan.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarida aytilishicha, avvaliga yigit unga pul kerakligini, keyin esa "haqiqatga muhtoj" ekanligini aytgan, keyin esa taniqli qo‘shiqchi Olga Buzovani olib kelishlarini talab qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!