Bag‘dodda koalisiya kuchlari harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi

Bag‘dodda koalisiya kuchlari harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi

Bog‘dodda ISHIDga qarshi kurashish uchun birlashgan AQSh yetakchiligidagi koalisiya kuchlarining harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda Reyter, amerikalik harbiy manbaga tayanib.

 

Frans Press agentligi esa AQShning Iroqdagi elchixonasi yaqinida raketalar qulagani haqida xabar berdi. Al-Arabiya telekanalining qayd etishicha, ular “yashil hudud“ga tushgan.

 

Hujum paytida diplomatik vakolatxona hududida ogohlantiruvchi sirenalar yangragan.

 

Qancha raketalar otilgani va ularning qaysi nishonlarni zabt etgani haqida ma’lumotlar berilmadi.

 

AQSh boshchiligidagi koalisiya Bog‘doddagi bazalar raketa hujumiga uchraganini tasdiqladi, deb yozmoqda TASS.

 

Polkovnik Mayls Keggins hech kim jabr ko‘rmaganini aytgan.

 

“Koalisiya harbiylari joylashgan Iroqdagi bazaga 16 fevral kuni ertalab 03:24 da raketa zarbalari berilganini tasdiqlaymiz. Yo‘qotishlar bo‘lmadi, tekshiruvlar olib borilmoqda“ deb yozgan Keggins o‘zining Twitter dagi sahifasida.

 

AQSh polkovnigi voqeaning boshqa tafsilotlarini keltirib o‘tmagan.

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!