BAAda maymun chechagining birinchi holati tasdiqlandi

BAAda maymun chechagining birinchi holati tasdiqlandi

Birlashgan Arab Amirliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda maymunchechak bilan kasallangan birinchi holat haqida xabar berdi. Bu haqda seshanba kuni davlatga qarashli Amirliklar axborot agentligi (WAM) xabar bermoqda.

“BAAga G‘arbiy Afrikadan kelgan 29 yoshli ayolda maymunchechak kasalligi aniqlangan, u shifokorlar nazoratida va BAAda zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Odamlarda maymunchechak bilan kasallanishning birinchi holati 1970 yilda aniqlangan. Keyinchalik, bu tashxis odamlarga qayta-qayta qo‘yilgan, ammo, qoida tariqasida, yuqtirganlar Afrikada bo‘lgan. Tibbiy kuzatuvlarga ko‘ra, virusning yuqishi odatda hayvondan odamga sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!