Ayol kishiga aka-uka mahrammi? Tog‘a-chi?

Ayol kishiga aka-uka mahrammi? Tog‘a-chi?

— Assalomu alaykum, ayol kishiga aka-uka mahrammi? Tog‘a-chi?

— Ha, bular ayolga mahram bo‘lishadi. Bunga dalil Alloh taoloning quyidagi oyati bo‘ladi: "Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari harom qilindi". ("Niso" surasi, 23-oyat).

Alloh "opa-singillaringiz", deyish bilan aka-ukalarni va "opa-singillaringizning qizlari", deyish bilan tog‘alarni mahram qildi.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!