Avstriya kansleri korrupsiyada ayblanib iste’foga chiqdi

Avstriya kansleri korrupsiyada ayblanib iste’foga chiqdi

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs o‘z lavozimidan ketishini e’lon qildi. Bir necha kun oldin mamlakat prokuraturasi unga qarshi korrupsiya ayblovini qo‘yib tergov boshlagan edi.

Prokuratura u va uning bir necha sheriklarini Avstriya tabloidlaridan birining tahririyatiga o‘z siyosiy faoliyatini qulay tarzda namoyish etish va buni amalga oshirish uchun davlat hisobidan pul to‘laganlikda gumon qilmoqda.

Shanba kuni Sebastyan Kurs televideniye orqali chiqish qildi va siyosiy inqiroz hamda betartiblikning oldini olish uchun bu lavozimni bo‘shatayotganini e’lon qildi.

Juma kuni Kurs Avstriya xalq partiyasi va Yashillar koalisiyasi iborat Avstriya hukumati tom ma’noda qulash arafasida edi. Yashillar yetakchisi Verner Koglerning so‘zlariga ko‘ra, Kursga qarshi olib borilgan tergov uni hukumatda nomaqbul shaxsga aylantiradi.

"Bizga barqarorlik kerak", deya ta’kidladi 35 yoshli Sebastyan Kurs va mamlakat pandemiyaga qarshi kurashayotgan paytda, Avstriya siyosiy inqirozga tushib qolishiga yo‘l qo‘yish mas’uliyatsizlik bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi.

Sebastyan Kurs Tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenbergni kansler etib tayinlashni taklif qildi, uning o‘zi esa Avstriya xalq partiyasining yetakchisi va uning parlamentdagi fraksiyasi rahbari bo‘lib qoladi.

"Yashillar" hali Shallenbergni kansler sifatida qabul qiladimi yoki yo‘qmi, bir qarorga kelishmagan.

Shu bilan birga, Kurs prokuratura tomonidan qo‘yilgan da’volarni inkor etdi va jurnalistlarga pora bo‘yicha har qanday ayblovni yolg‘on ekanligini aytib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!