Avstraliya banki shubhali operasiyalar uchun rekord jarima to‘laydi

Avstraliya banki shubhali operasiyalar uchun rekord jarima to‘laydi

Avstraliyaning “Westpac” banki hukumat bilan mamlakatdagi eng katta pul yuvish qonunbuzarligi uchun rekord darajada 1,3 milliard Avstraliya dollari (900 million dollar) miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.

Agar sud organlari tomonidan ma’qullansa, bu Avstraliya korporasiyalari tarixidagi eng katta fuqarolik jarimasi bo‘ladi.

“Shu bilan birga, jarima miqdori kattaroq bo‘lishi mumkin edi”, deb xabar qilmoqda BBC.

Zero, mamlakat moliyaviy nazorat organining bayonotida ta’kidlanishicha, bankning xalqaro bitimlari tekshiruvi davomida minglab qonunbuzarliklar aniqlangan bo‘lib, ularning har biri uchun maksimal 21 million Avstraliya dollar miqdorida jarima solinishi kerak bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, huquqbuzarliklar to‘g‘risida Avstraliya tranzaksiyalarini hisoblash va tahlil qilish markaziga ikkinchi yirik Avstraliya banki bo‘lmish “Westpac”  o‘tgan yili o‘zi xabar bergan.

Bank, shuningdek, aksiyadorlarga korporatsiya uchun katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan davom etayotgan tekshiruv to‘g‘risida ma’lum qilgan. Shu orada kompaniyasining sobiq ijrochi direktori va raisi janjal tufayli o‘z lavozimini tark etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!