Avloddagi qarg‘ishni qanday ketkizish mumkin?

Avloddagi qarg‘ishni qanday ketkizish mumkin?

Assalomu alaykum! Bizni oilada ayollar baxtsiz. Birorta ayolning turmush o‘rtog‘i yo‘q. Ajrashgan, olamdan o‘tgan, ya’ni ayollar oilaviy baxtga ega emas. Buvimdan eshitishimcha, ularning onalari yoshlik paytida dugonalari bilan bir qariya cholning ustidan kulgan ekan. Qariya odam qarg‘agandek baxtsiz bo‘lgin deb yo‘lini davom etib ketgan ekan. Oilamizda ayollarning baxtsiz bo‘lishiga shu sababchi bo‘lishi mumkinmi? Ya’ni qarg‘ishi urganmikin? Yoshim 23 da. Biz 3 ta qizmiz. Shu kungacha ko‘p qiyinchilikni ko‘rdim. Nolimayman, lekin haligacha uyimizga bitta ham sovchi kelmadi. Ta’sir qilishi mumkinmi? Bu qarg‘ishdan qutulsa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Voqe’a surasini bardavom o‘qigan kishi faqirlik ko‘rmaydi” deganlar. “Baqara surasi o‘qilgan uyda sehr joduning ta’siri bo‘lmaydi” deganlar. “Kahf surasi o‘tgan haftadagi gunohlarga kafforat bo‘ladi” deganlar. “Qur’on  o‘qilinadigan xonadonga farishtalar tushib Allohning rahmati yog‘iladi” deyilgan. Tahoratni chiroyli qilib, ikki rak’at nafl namozi o‘qib, boshni sajdaga qo‘yib, qalbdan o‘tkazib nimani so‘ralsa Alloh taolo qaytarmaydi. Yaxshi biling bunda bardavom bo‘lish kerak. Alloh sizni sodiq yoki sodiq emasligingizni imtihon qilib ko‘rishi mumkin. Shunda tashlab qo‘ymaslik kerak. Har kuni tunda mustajob bo‘ladigan duo bor, bedor o‘tkazib Allohdan so‘ragan holatda o‘sha vaqtni topgan insonning duosi shak-shubhasiz rad qilinmaydi. Uydan farishtalarni kirmasligiga sabab bo‘ladigan surat, haykal, kuchuk kabi narsalarni ko‘zdan yo‘q qilish kerak. Alloh bandasining qilgan tavbasidan behad xursand bo‘ladi. Vallohu a’lam!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!