«Atom»: Suv ostida ishlay oladigan dunyodagi eng mitti smartfon

«Atom»: Suv ostida ishlay oladigan dunyodagi eng mitti smartfon

Suv ostida ham ishlashga qodir eng mitti smartfon taqdim etildi. «Unihertz Atom» nomini olgan qurilma «4G»ni qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, boshqa ko‘plab hayratlanarli funksiyalarga ham ega, deb xabar beradi «xabar.uz».

300 dollar evaziga siz 2,45 dyuymli displeyga, 4 gigabayt tezkor xotirali smartfonga ega bo‘lishingiz mumkin. Mazkur smartfonga 16 megapikselli asosiy kamera va 8 megapikselli selfi kamerasi o‘rnatilgan. Shuningdek, unda FM-radio, «NFC» to‘lov tizimi, frontal barmoq izi skaneri ham mavjud. «Atom»da ikkita «nanoSIM» karta ishlaydi.

Bundan tashqari qurilmaga 3,5 millimetrli naushniklar porti ham o‘rnatilgan. «IP68» himoya tizimi yordamida esa smartfon suv ostida ham tasvirga olishni uddalaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!