Atambayev Prezident Sooronbay Jeenbekovni zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqirdi

Atambayev Prezident Sooronbay Jeenbekovni zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqirdi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev respublikaning amaldagi rahbari Sooronbay Jeenbekovni zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqirdi.

"Sooronbay Jeenbekov Sadir Japarovga (bosh vazirga - tahr.) va’da qilganidek zudlik bilan iste’fo berishi kerak. Va barchamiz bunga erishishimiz kerak. Aks holda, tez orada kech bo‘ladi",  - deb yozgan Atambayev.

Dushanba kuni advokatlar sobiq prezident bayonotini tarqatishdi.

Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, 5 oktyabrda yuz bergan tartibsizliklar ortidan "muxolifat lagerida kelishmovchilik, yetakchilar bir-biri bilan janjal qilganida, ular asosiy narsani qo‘ldan chiqarib yuborishdi... - Sooronbay klan yordamida o‘z pozisiyalarini mustahkamlay boshladi".

6 oktyabrga o‘tar kechasi Bishkekdagi voqealar vaqtida Atambayev DMXX SIZOsidan ozod qilingan edi. Atambayev kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi ishi bo‘yicha sud qilingan hamda Qo‘y-Toshdagi voqealar ishi figuranti hisoblanadi.

10 oktyabr kuni Bishkekda ommaviy tartibsizliklar tashkillashtirish jinoyat ishi doirasida Almazbek Atambayev qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!