Ashxobod dunyo bo‘yicha xorijliklar uchun eng qimmat shahar deb topildi

Ashxobod dunyo bo‘yicha xorijliklar uchun eng qimmat shahar deb topildi

AQShning Mercer konsalting kompaniyasi tuzgan reytingga ko‘ra, Turkmaniston poytaxti Ashxobod xorijliklarning yashashi uchun eng qimmat shahar deb topildi.

O‘tgan yilgi reytingda ushbu shahar ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Reytingni tuzishdan maqsad kompaniyalar va hukumatlar muayyan shaharlardagi xodimlariga qancha haq to‘lash haqida tasavvurga ega bo‘lishiga ko‘maklashishdir. Joriy reyting dunyoning 209 shahrini qamrab olgan bo‘lib, uni tuzishda turar joy, transport, oziq-ovqat xarajatlari, shuningdek, ikki yuzdan ziyod mahsulotlar va xizmatlar narxi o‘rganib chiqilgan.

Bu galni reytingning ilk o‘ntaligida Ashxaboddan keyin quyidagi shaharlar bor: Gonkong, Bayrut, Tokio, Syurix, Shanxay, Singapur, Jeneva, Pekin va Bern.
Ashxobodning xorijliklar uchun qimmatligi u yerda faravonlik yuqori ekanligi bilan emas, balki mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz bilan bog‘liqligi aytildi.
Reytingda O‘zbekiston poytaxti Toshkentga 203-o‘rin berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!