Armanistonda rossiyalik harbiy qotillikda gumonlanib qo‘lga olindi

Armanistonda rossiyalik harbiy qotillikda gumonlanib qo‘lga olindi

Armanistonning Gyumri shahrida Rossiya harbiy bazasi harbiy xizmatchisi qo‘lga olindi. Bu haqda «Meduza» xabar berdi.

U mahalliy ayolning o‘limida ayblanmoqda. Hozircha boshqa tafsilotlar ma’lum emas.

Avvalroq mahalliy OAV 3 dekabr kuni Gyumrida kaltaklanish oqibatida 57 yoshli ayolning vafot etganligini xabar bergandi. Uning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Gyumrida Rossiyaning 102-harbiy bazasi joylashgan.

Ma’lumot uchun:

2015 yilning yanvarida rossiyalik harbiy xizmatchi Valeriy Permyakov Gyumridagi uylardan birida bir oilaning yetti nafar a’zosini o‘ldirgan. Unga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

2017 yilning aprelida Gyumrida rossiyalik harbiy Dmitriy Yalpayev o‘ldirilgan bo‘lib, uning o‘limida ayblangan Stepanavana Arman Janjugazyan 22 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!