Armaniston bosh vaziri Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Armaniston bosh vaziri Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Armaniston bosh vaziri Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan hamdardlik telegrammasi yo‘lladi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

«Men Derbent va Maxachqal’adagi begunoh fuqarolar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining o‘limiga sabab bo‘lgan dahshatli teraktlar haqidagi fojiali xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim», — dedi Pashinyan o‘z bayonotida.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Yerevan teraktlarni qoralaydi va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini qabul qilib bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!