Aripov Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi

Aripov Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi

Joriy yilning 18 sentyabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tubdan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Keyingi yillarda davlatlararo hamkorlik faollashdi, barcha sohalarda ko‘p qirrali samarali hamkorlikning jadal o‘sishi kuzatilmoqda.

Bu shubhasiz, mamlakatlarimiz rahbarlari tomonidan belgilab berilgan strategik yo‘nalish tufayli amalga oshmoqda.

Ikki davlat rahbarlari tomonidan hukumatlar zimmasiga o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va erishilgan kelishuvlar ijrosini izchil ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

So‘nggi besh yilda o‘zaro tovar ayirboshlash o‘smoqda. O‘tgan yil oxirida bu ko‘rsatkich 9,3 milliard dollarga yetgan.

Kon-metallurgiya, yoqilg‘i-energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperasiyasi loyihalari faol amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sarmoyaviy va faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!