Archer Aviation o‘zining havo taksilari bilan yo‘lovchilarni tashishga ruxsat oldi

Archer Aviation o‘zining havo taksilari bilan yo‘lovchilarni tashishga ruxsat oldi

Vertikal uchish va qo‘nish (eVTOL) elektr samolyotlarini ishlab chiqaruvchi Kaliforniyada joylashgan kompaniya AQSh Federal Aviasiya Boshqaruvidan 135-qism sertifikatini oldi.

Bu Archerga tijorat parvozlarini boshlash imkonini beradi.

Ayni paytda dunyoda faqat 2 ta kompaniya bunday ruxsatga ega. Kompaniya to‘rt yo‘lovchi va bir uchuvchiga mo‘ljallangan Midnight havo taksisini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda. Uning parvoz masofasi 160 km, tezligi 241 km/soatgacha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!