"Aralashmang": Xitoy AQShni jiddiy ogohlantirdi

"Aralashmang": Xitoy AQShni jiddiy ogohlantirdi

Xitoy o‘z suvereniteti va milliy manfaatlarini AQSh aralashuvidan qat’iy himoya qiladi. Bu haqda XKP Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Yan Szechi AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan telefon orqali suhbatda aytib o‘tdi.

Xitoy TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yan Szechi “ma’lum vaqt” davomida Qo‘shma Shtatlar “bir qator noto‘g‘ri xatti-harakatlar va bayonotlar amalga oshirib, Xitoyning ichki ishlariga aralashib, Xitoy manfaatlariga zarar yetkazganini” ta’kidladi. Xitoy "o‘z suvereniteti va xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘radi", dedi u.

Diplomatning ta’kidlashicha, Xitoy-AQSh munosabatlaridagi "eng muhim, nozik va asosiy" masala bu Tayvan muammosi va agar Qo‘shma Shtatlar "noto‘g‘ri yo‘ldan borishda davom etsa", bu muqarrar ravishda "xavfli vaziyat"ga olib keladi. Yan Szechi AQSh hukumatini "o‘z majburiyatlarini qat’iy bajarishga va "Yagona Xitoy prinsipi" va uchta Xitoy-AQSh qo‘shma kommunikasiga rioya qilishga" chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!