Aqto‘beda qullikda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qutqarildi

Aqto‘beda qullikda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qutqarildi

Qostanay va Aqto‘be viloyatlarida majburan mol boqib, qullikda bo‘lgan ikki kishi qutqarildi.

«Qostanoy viloyatida majburiy mehnatga oid fakt ro‘yxatga olindi. Chorva xo‘jaligi bor kishi ikki yarim yil davomida 21 yoshli yigitni majburan ishlatib kelgan. Qostanaylik yosh yigitga qo‘ylar, sigirlar va otlar boqtirishgan», - dedi Ichki ishlar vazirligi vakili Kamil G‘aliyev.

Ushbu ish bo‘yicha Jinoyat kodeksining 126-moddasi 3-qismi 2-qismi bo‘yicha (shaxsni noqonuniy ekspluatasiya qilish) sudgacha tergov boshlandi. Azob chekkan yigit inqiroz markaziga yetkazilgan. Unga kerakli yordam ko‘rsatilmoqda.

«Aqto‘be viloyatida ham xuddi shunday jinoyati uchun polisiya ferma egasini javobgarlikka tortdi. U O‘zbekistondan kelgan 58 yoshli erkakning hujjatlarini olib qo‘yib, kuch ishlatib, uni bir yil davomida ishlashga majbur qilgan. Jabrlanuvchi cho‘pon bo‘lgan va molxonada yashagan. Ushbu ish bo‘yicha Jinoyat kodeksining 128-moddasi (odam savdosi) bilan sudgacha tergov boshlandi», - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!